O‘zbekiston so‘mi

Yetkazib berish

Prosell mahsulot xaridida vositachilik qiladi. TezTez tashish, yetkazish, bojxona jarayonlari va jo‘natma bilan bog‘liq logistika masalalariga javob beradi.

Oxirgi yangilanish:

Yetkazib olish joyi

Profilingizda mavjud TezTez punktlaridan birini tanlang va yetkazib olish ma’lumotlarini tekshiring. Punktning manzili va ish vaqti xizmatning joriy ma’lumotlariga bog‘liq. Buyurtmadan oldin noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzating.

Yetkazish muddati

TezTez muddatni jo‘natma yo‘nalishi va holatiga qarab belgilaydi. Mavjud taxminiy muddatni buyurtma ma’lumotidan yoki support’dan bilib oling. Mahsulotni xarid qilish vaqti, tashish va bojxona tekshiruvi umumiy muddatga ta’sir qiladi.

Yetkazish xarajatlari

Mahsulot, xizmat va hisoblangan yetkazish xarajatlarini tasdiqlashdan oldin tekshiring. Jo‘natma tarifi yoki bojxona hisob-kitobi hali ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lovdan oldin support’dan aniqlashtiring.

Bojxona va jo‘natma muammolari

TezTez bojxona va tashishga oid logistika masalalarini, jumladan kechikish yoki yo‘qolgan jo‘natmani ko‘rib chiqadi. Prosell support’iga buyurtma raqami bilan yozing; yordam xizmati murojaatingizni hamkor bilan muvofiqlashtiradi.

Buyurtmani kuzatish

Profilingizdagi Buyurtmalar bo‘limida buyurtma raqami, jo‘natma ma’lumotlari va mavjud holatlarni ko‘ring. Savol bo‘lsa, support’ga buyurtma raqamini yuboring.